Mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining chipta narxlari oshirilmoqda

    2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “Oʻzbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiriladi.

    Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maʼlum qildi.

    Chipta narxlarining oshirilishiga yoʻlovchi poyezdlarda qoʻshimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yoʻlovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirish kabi masalalar sabab qilib koʻrsatilgan.

    Misol tariqasida:

    12, 4-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi avvalgi narxlari:

    ekonom — 150 600, biznes 218 244 soʻm.

    Hozirgi narx:

    ekonom — 178 250, biznes — 262 805 soʻmni tashkil qilmoqda.