Talabalik davrida jinoyat sodir etib, jazoni ijro etish muassasalariga tushib qolgan mahkumlarga onlayn oʻqishini davom ettirish imkoniyati beriladi.

“Bu turdagi mahkumlarga oʻqishni davom ettirish imkoniyatlarini yaratish, umuman, jazoni ijro etish muassasalaridagi jazoni oʻtayotgan shaxslar oliy taʼlim muassasalarida onlayn tarzda oʻqishini belgilash boʻyicha Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Bosh prokuratura bilan birgalikda prezident qaror loyihasini tayyorlab, prezident administratsiyasiga topshirgan”, – dedi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Jamshid Sultonov.

Qaror doirasida qamalguniga qadar talaba boʻlgan mahkumlarning oʻqishini davom ettirib ketishi, bundan tashqari, jazo muddatini oʻtash davrida yaratilgan imkoniyatlar foydalangan holda oʻqishga tayyorgarlik koʻrib, oliy taʼlim muassasalariga kirishi, oʻqishga kirgan talabalar uchun jazoni oʻtashning alohida tartiblarini joriy qilish boʻyicha ham bandlar belgilangan.

J.Sultonovning qoʻshimcha qilishicha, qaror loyihasi imzolanish arafasida.