Qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, mahkumning oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan, 15 daqiqa davom etadigan 1-marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashish huquqiga egaligi belgilandi.

Ilgari mahkumning faqatgina 15 daqiqa davom etadigan 1-marta telefon orqali soʻzlashish huquqiga egaligi belgilangan edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.