Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Qoʻngʻirot tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.A. manzil koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkum F.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 10 000 AQSH dollari evaziga muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishga kelishib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.