Qayd etilishicha, Chexiya poytaxti Pragada aralash yakkakurashlar (MMA) boʻyicha Oktagon 72 turniri boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodov co-main event — asosiy janglardan birida oktagonga koʻtarildi.
Murodov ushbu bahsda mezbon jangchi Patrik Kinslga qarshi oʻrta vazn toifasida jang olib bordi. Ushbu toʻqnashuv Oktagon promoushenining vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqish uchun oʻtkazildi.
Toʻliq davom etgan jangda Mahmud Muradov raqibi ustidan toʻliq ustunlikka erishdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan oʻzbekistonlik sportchining gʻalabasini eʼlon qilishdi.