Turnir markaziy jangida Dastin Porye sobiq chempion Konor Makgregorni yengdi.

Ushbu turnir ishtirokchilari oʻtkazgan janglari uchun qancha pul ishlab olganlari maʼlum boʻldi. Unga koʻra, Mahmud Murodov jangi uchun 14 ming, gʻalabasi uchun yana 14 ming, homiylardan 3,5 ming va “Kechaning eng yaxshi chiqishi”, deb eʼlon qilingani uchun 50 ming, jami 81,5 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi.

Konor Makgregor esa magʻlubiyatiga qaramasdan, 3.04 million AQSH dollari ishlab oldi. Dastin Porye 830 ming AQSH dollariga ega boʻldi.