Majburan IIBga olib kirilgan fuqaro hushidan ketdi

    Fargʻonada Rishton IIB iga xuquqbuzarligini tushuntirish maqsadida olib kirilgan fuqaro u yerda hushini yoʻqotdi.

    Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

    Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 4-iyul kuni Rishton tumanining Gumbaz mahallasida fuqaro Р.М. "Cobalt" rusumli transport vositasida qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib "Toʻxtash taʼqiqlanadi" yoʻl belgisi taʼsir doirasiga avtomashinani qoʻymoqchi boʻlganda, IIO xodimlari unga huquqbuzarligini tushuntirmoqchi boʻlganda fuqaro xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, haqorat qilib, transport vositasini shu yerda turgan fuqarolar va IIB xodimlari ustiga harakatlantirdi.

    Maʼlumotlarga koʻra, huquqbuzarlik sodir etayotgan shaxs zararsizlantirilib, majburiy tarzda IIO tayanch punktiga olib borilgan. Tayanch punktiga uning akasi М.R. ham kelib, baqir-chaqir qilib, xodimlarga qarshilik koʻrsatgan. Shu payt R.М.нинг tutqanogʻi tutib oʻzini yoʻqotgan (Fuqaro R.М.нинг muqaddam avtohalokat oqibatida orttirilgan epilepsiya kasalligi boʻlgan). Fuqaroga tez tibbiy yordam koʻrsatilib, koʻrik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgan holati aniqlanmagan va uyiga javob berilgan.

    Hozirda fuqaro R.М. va uning akasi М.R.га nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-, 194-, va 195-moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora koʻrish uchun sudga yuborilgan.

    Shuningdek, xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlandi.