Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʻyxati kengaytirildi

    Ta'lim 23 Mart 2023 2053

    “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

    • pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega pedagog xodimlar;
    • yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.