Mazkur hujjatga muvofiq 2024-yil 1-sentyabrdan:

- sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;

- sugʻurta polislarini faqat qogʻoz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurtalovchilar reytingini yuritadi va OAVda eʼlon qilib boradi.

Sugʻurtalovchilarningtabaqalashtirilganustavkapitalimiqdorlaritasdiqlanyapti.

Hujjat bilan:

- sugʻurta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etish boʻyicha qonun loyihasini kiritish;

- bakalavriatda “sugʻurta ishi” yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddatini 4-yildan 3-yilgacha qisqartirish taklifini kiritish;

2025-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich quyidagilarni joriy etish:

- yuridik shaxslarning koʻchmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sugʻurta qilish tizimini;

- takaful tamoyillarini va mahsulotlarini joriy etish;

- yuklatilgan sugʻurta turlarini kengaytirish.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 4-apreldan kuchga kiradi, deb xabar beradi “Norma”.