Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 18:48 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 18:49 da batamom oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shuni taʼkidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv ekipajlari odamlar ommaviy tashrif buyuradigan maskanlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar hamda yongʻinlarning oldini olish, sodir boʻlganda tez va qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida, bunday maskanlarda navbatchilik olib boradi.
Shu sababdan “Magic city” kirish darvozasi oldidagi butkada sodir boʻlgan yongʻinga oʻsha yerda navbatchilik olib borayotgan yongʻin-qutqaruv ekipajlari qisqa muddatda yetib borgan, — deyiladi xabarda.