“Majlislarni boshqarish” elektron tizimi ishga tushiriladi

    Davlat tuzulmalarida ish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida “Majlislarni boshqarish” elektron tizimi ishga tushiriladi.

    Bu haqda UzA xabar berdi.

    Qayd etilishicha, amaldagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun (1993-yil) ham zamon talablariga javob bermay qolgani sababli, uning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqiladi.

    Shuningdek, 2026 – 2030-yillarga moʻljallangan davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish strategiyasi tayyorlanadi.