“Pavel Durov hibsga olinganidan keyin Fransiya haqidagi yolgʻon maʼlumotlarni oʻqiyapman. Fransiya soʻz va muloqot erkinligi, innovatsiyalar va tadbirkorlikka sodiqdir. Telegram rahbarining Fransiya hududida hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida amalga oshirildi”, — deb yozdi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
U mazkur ish siyosiy qaror emasligini taʼkidlagan. Fransiya rahbariga koʻra, “huquqiy davlatda fuqarolarni himoya qilish va ularning asosiy huquqlarini hurmat qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ham, real hayotda ham erkinliklar qonun doirasida taʼminlanadi”.
“Fransiyada Telegram rahbarining hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida sodir boʻldi. Sud hokimiyati toʻliq mustaqil faoliyat yuritib, qonun ijrosini taʼminlashi shart”, — deya qoʻshimcha qildi u.