Makron Fransiyaning Falastin davlatini tan olganini e'lon qildi

    G'azodagi urushning davom etishini oqlab bo'lmaydi, dedi Fransiya Prezidenti.

    Fransiya Falastin davlatini rasman tan oldi, dedi Prezident Emmanuel Makron.

    Bu haqda davlat rahbari BMT shafeligida Fransiya va Saudiya Arabistoni ishtirokida tashkil etilgan Falastin masalasiga yechim topish va ikki davlat qarorini amalga oshirish bo'yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ma'lum qildi.

    “G'azodagi urushni to'xtatish vaqti keldi”, deb e'lon qildi Makron va kutish endi variant emasligini ta'kidladi.

    Fransiya Prezidenti, shuningdek, Falastinning HAMAS harakati tomonidan ushlab turilgan mahbuslarni “zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz” ozod qilishga chaqiruvini yana bir bor takrorladi.

    Makronning qayd etishicha, G'azoda urush davom etishini hech narsa oqlay olmaydi. Aksincha, deya ta'kidladi Prezident, barcha ko'rsatkichlar urushni hozir to'xtatish kerakligini ko'rsatmoqda.

    “Yaqin Sharq uchun tarixiy mas'uliyatiga sodiq qolgan Fransiya bugun Falastin davlatini tan oladi”, dedi Makron.

    Uning qo'shimcha qilishicha, bu qadam Isroilning qonuniy huquqlarini buzmaydi, aksincha, uning xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi va Falastinning tan olinishi Falastin xalqining qonuniy huquqlarini tan olish ekanligini ta'kidladi, deb xabar berdi aa.com.tr.