Maktab bitiruvchilar orasida grantga kirganlar soni deyarli 2 barobarga ortdi

    Ta'lim 13 Sentabr 2021 2241

    OTMga hujjat topshirgan maktab bitiruvchilarining soni oshmagan boʻlsada, grantga kirganlar soni deyarli 2 barobarga ortdi va umumiy kvotaning 75 foiziga yetdi, deb yozadi xalq taʼlimi vaziri oʻzining telegramdagi sahifasida.

    "Bu albatta joylardagi fidoiy pedagoglarimizning mehnati mahsulidir. Ularning barchalarini ushbu natija bilan tabriklab oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

    Maktablarning natijaga ishlashga harakati yaxshilangani hamda variativ oʻquv sinflarini joriy qilinganining natijasi bu yil yaqqol koʻrindi. Bu esa bu yilgi bitiruvchilarimiz boshqa abituriyentlarga qaraganda yaxshiroq tayyorlanganidan dalolatdir. Boshqa abituriyentlarda ham repetitor yoki oʻquv kurslariga qatnash imkoniyatlari deyarli bir xil boʻlgan, lekin natija maktab bitiruvchilarida yaxshiroq boʻldi.

    Umuman natija koʻrsatmagan maktablar rahbarlariga qatʼiy choralar koʻrilganiga, ularning soni oʻtgan yili uch barobarga kamaygan edi. Hali nodavlat va xalqaro OTMlar hujjatlar qabul qilayotganini inobatga olib, bu yilgi qizil maktablar natijalarini oktyabr oyida eʼlon qilamiz", deya yozadi Sh.Shermatov.