Maktab bitiruvchilari muhandislik yoʻnalishidagi fan olimpiadasida Damas yutib olishi mumkin

    Aprel oyida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Boʻlajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi oʻtkaziladi.

    Bu haqda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.

    Bildirilishicha, ushbu olimpiadada faqat 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishi va oʻquvchilar fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab koʻrishi mumkin.

    Eʼtiborlisi, ushbu olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi va oʻquvchilarimiz fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab koʻrishi mumkin ekan.

    Bu esa bitiruvchilar uchun yaxshi imkoniyat.

    • 1-oʻrin — “Damas” avtomobili (3 dona)
    • 2-oʻrin — 20 mln soʻm (3 nafar oʻquvchiga)
    • 3-oʻrin — 10 mln soʻm (3 nafar oʻquvchiga) bilan taqdirlanadi.

    Aytish mumkinki, bu kabi loyihalar ham oʻquvchilarimizning oʻz ustida yanada ishlashi va bilimga qiziqishini oshiradi.