Joriy yilning 17-18-noyabr kunlari Xalq taʼlimi, Ichki ishlar, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlandi.
Sababsiz dars qoldirgan oʻquvchilarning ota-onalari tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar yigʻilishlariga jalb etilib, ular ishtirokida muhokama qilindi.
Shuningdek, ota-onalar nazorati va qarovisiz qolgan oʻquvchilar taʼlim olishlari uchun maxsus maktab-internatlariga joylashtirildi, deyiladi xabarda.
Ota-onalarga “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 47-moddasida koʻra, ota-onalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi eslatib oʻtildi.