Maktab darsliklarining ijarasi doimiy bepul bo'ladi

    Ta'lim 6 Sentabr 2022 1093

    O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokida soha faoliyati bilan bog'liq keng muhokamalarga sabab bo'layotgan dolzarb masalalarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

    Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokida soha faoliyati bilan bog'liq keng muhokamalarga sabab bo'layotgan dolzarb masalalarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

    Tadbir avvalida yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida atroflicha ma'lumot berib o'tildi.

    Qizg'in va turli mavzularga boy bo'lgan anjuman davomida jurnalistlarning xalq ta'limi tizimi, jumladan, maktab darsliklarini chop etish, ularning ijarasi, elektron kundalik tizimi va boshqa muhim savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi.

    Ta'kidlanganidek, endilikda maktab darsliklarining ijara to'lovlari doimiy ravishda bepul bo'ladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi bo'yicha Davlatimiz rahbari tomonidan topshiriq olingan.

    Tadbir davomida ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchilarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va malakasini oshirishga doir qator muhim masalalar yuzasidan ishtirokchilar savollariga javob berildi.