Navoiy viloyat prokuraturasi voqea bo‘yicha maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro X.J Navoiy shahar IIBga murojaat qilib, qizi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan G‘.N.ni Navoiy shahar 11-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi direktori J.G. urib tan-jarohati yetkazgani yuzasidan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tekshirish harakatlari Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.