Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

    Ta'lim 15 Aprel 2023 3868

    Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda.

    Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

    «Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

    Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga tayinlash jarayonini hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda», – deyiladi bayonotda.

    Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda.