Maktab ma'muriyatiga ta'sir chorasi qo'llanildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan “Yakkabog' tumanidagi 80-umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari kaltaklandi” nomli video tarqadi.

    Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati video bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi.

    Ta'kidlanishicha, mazkur holat 2023 yil 13 yanvar` kuni Yakkabog' tumanidagi 80-maktabda sodir bo'lgan. O'sha kuni maktabning 6-sinf (hozirda 7-sinf) o'quvchilari Q. A. hamda T. e. sinf xonasi partalarini sindirishga uringan. Bu muhokamada direktor xonasida kadrlar menejeri va boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham bo'lgan.

    Ushbu maktab faoliyati alohida tartibda mehnat qonunchiligiga asosan o'rganilayotganligini va o'rganishlar yakuni yuzasidan batafsil rasmiy axborot berilishi ma'lum qilindi.

    Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'quvchilarni kaltaklanishi, majburiy ta'sir o'tkazish holatini qo'llab-quvvatlamaydi.

    O'z lavozimiga bepisandlik bilan qaragan maktab direktori, ushbu jarayonga aloqador barcha pedagoglarga amaldagi qonunchilikka ko'ra jazo chorasi qo'llanishini ma'lum qiladi.

    Qayd etilishicha, holat YAkkabog' tuman IIB mas'ul xodimlari nazoratiga ham olingan.