баннер
30 Mar 2025
01:46

    Maktab oldida bolalarga shubhali konfet berib ketilayotgani haqidagi gaplar yolgʻon boʻlib chiqdi

    Ijtimoiy tarmoqlardagi maktabda oʻquvchilarga nomaʼlum tarkibdagi konfet tarqatilayotganligi haqidagi xabar yuzasidan Bolalar ombudsmani axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

    IIV tomonidan aniqlanishicha, Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanidagi umumtalim maktabining 3-sinf oʻquvchisi X.M. (2015-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) mazkur hududda joylashgan savdo doʻkonidan 1.000 soʻmga 3 dona “Strawberry” nomli konfetni sotib olgan.

    Soʻng maktabga kelgan vaqtida sinfdoshi O.A. undan shirinlikni qayerdan olganini soʻraganda, unga goʻyoki notanish shaxs berib ketganini oʻylab topib yolgʻon aytgan.

    Maktab hamshirasi O.A. bolani gapidan xulosa qilib, ijtimoiy tarmoqlarga maktab atrofida “Strawberry” nomli shubhali konfetni maktab oʻquvchilariga nomaʼlum shaxslar bergani haqidagi haqqoniy boʻlmagan xabarni tarqatgan.

    Shuningdek, konfet isteʼmoli oqibatida bola nobud boʻlgani toʻgʻrisidagi xabar ham mutlaqo haqiqatga ziddir.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, konfetning tarkibida inson sogʻligʻiga zararli moddalar bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.

    Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi Andijon viloyati boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirgan.

    Bolalar ombudsmani holat yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettirmoqda, bu borada qoʻshimcha axborot beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech