Maktab oʻqituvchilari ommaviy doʻpposlanganligi yozib olingan video tarqaldi

    Bosh prokuratura hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ushbu holat oʻrganilayotganini maʼlum qildi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda 2023-yil 14-aprel kuni maktab oʻqituvchilari ommaviy doʻpposlanganligi haqida tarqatilgan videoyozuv tarqaldi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yuz.uzʻga maʼlum qilishicha, Surxondaryo Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi vaziyatni oʻrganish uchun ayni damda Uzun tumanida zudlik bilan yetib bordi.

    Shuningdek, Bosh prokuratura ham holat qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligini oʻrganmoqda.

    “Oʻrganish natijalari har tomonlama qonun doirasida koʻrib chiqilishi taʼminlanadi”, deyiladi bayonotda.