Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi 24 yoshli Q.X. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, Q.X., A.K. bilan “Telegram” messenjeri orqali maktab oʻquvchilari uchun koʻrik tanlov oʻtkazilayotganligi haqida yolgʻon xabar berib, koʻrik tanlovda qatnashish uchun oldindan 3.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Q.X.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.