Maktab oʻquvchilari uchun kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi

    Ta'lim 21 Oktabr 2022 2188

    I chorakning soʻnggi kuni 3-noyabrga toʻgʻri kelib, taʼtil 6 kalendar kundan iborat boʻladi va 9-noyabrgacha davom etadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaroriga asosan maktab oʻquvchilari uchun kuzgi taʼtil 4-noyabr kuni boshlanadi.

    I chorakning soʻnggi kuni 3-noyabrga toʻgʻri kelib, taʼtil 6 kalendar kundan iborat boʻladi va 9-noyabrgacha davom etadi.

    II chorakning birinchi kuni esa 10-noyabr sanaladi.