“Maktab o'quvchilari uchun statistika” nomli to'plam nashr qilinmoqda

    Ta'lim 29 Dekabr 2020 4711

    Davlat statistika qo'mitasi tomonidan umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun mo'ljallangan “Maktab o'quvchilari uchun statistika” nomli to'plam nashr qilinmoqda.

    Mazkur to'plam birinchi rasmiy nashr hisoblanadi.

    Ushbu statistik nashrning maqsadi — yosh foydalanuvchilarga raqamlar tilida O'zbekiston Respublikasi, uning hududlari, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va jamiyat sohalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid statistik ko'rsatkichlar orqali qisqacha tushuntirish berishga qaratilgan.