баннер
21 Mar 2025
15:32

    Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi

    IV oʻquv chorak darslari 2025-yil 28-mart kunidan boshlanadi.

    Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab vazirligi maʼlum qildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2025-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

    IV oʻquv chorak darslari 2025-yil 28-mart kunidan boshlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech