баннер
7 Apr 2025
05:53

    Maktab oʻquvchisini olib ketmoqchi boʻlgan ruhiy xasta ayol ushlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda begona ayol maktab oʻquvchisining qoʻlidan ushlamoqchiligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining bildirishicha, 10-fevral kuni taxminan soat 14:00 larda Bektemir tumani, Bilol Nozim koʻchasida joylashgan bekat oldida, 1990-yilda tugʻilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch. oʻziga begona boʻlgan maktab oʻquvchisini oldiga kelib muloqotga kirishgan. Shubhali koʻringan ayol mahalla fuqarolarini koʻrib, ketib qolgan.

    Shubhali koʻringan ayol mahalla fuqarolarini koʻrib, ketib qolgan.

    Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech