Maktab uchun ryukzakni qanday tanlash lozim?

    Ta'lim 25 Sentabr 2020 3476

    Ryukzak tanlashda asosiy eʼtiborni uning ogʻirligiga qaratish lozim. Bilim olish bilan birga farzandingizning jismoniy salomatligini ham unutmang.

    Portfel, ryukzaklar ogʻirligi boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun darsliklarsiz 700 grammni, yuqori sinf oʻquvchilari uchun esa koʻpi bilan 1 kg.ni tashkil etishi kerak.

    Endi kitob-daftar va oʻquv qurollari ogʻirligiga toʻxtalamiz.

    Har kunlik darslik va oʻquv qurollar ogʻirligi quyidagi koʻrsatkichlardan oshmasligi maʼqul:

    ➖1-2 sinf oʻquvchilari uchun - 1,5 kg;
    ➖3-4 sinf oʻquvchilari uchun - 2 kg;
    ➖5-6 sinf oʻquvchilari uchun - 2,5 kg;
    ➖7-8 sinf oʻquvchilari uchun - 3,5 kg;
    ➖9-11 sinf oʻquvchilari uchun - 4 kg.

    ❗️Boshlangʻich sinf oʻquvchilari portfellarining orqa qismi oʻz shaklini saqlab turuvchi boʻlib, vazni bolaning yelkasiga bir maromda taqsimlanishi kerak.

    Shuningdek, ularning shakli boʻyicha ham bir qancha talablar mavjud:

    🔹 uzunligi: 300-360 mm;
    🔹 old devorining balandligi: 220-260 mm;
    🔹 kengligi: 60-100 mm;
    🔹 yelka kamari uzunligi: 600-700 mm.dan kam boʻlmasligi;
    🔹 tepa qismdagi yelka kamari kengligi (400-450 mm uzunlikdagi kamarda): 35-40 mm.

    Oʻlchamlar 30 mm.ga farq qilishi mumkin.