Maktab va bogʻchalar yaqiniga radarlar qoʻyiladi

    Transport 6 Oktabr 2023 1749

    30 tezlikdan oshganlarga jarima qoʻllaniladi.

    Oʻzbekistonda endi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 kilometr/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi.

    Qayd etilishicha, yoʻl harakati qoidalariga koʻra, tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻllarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.