Bu haqda shu yilning 30-iyul kuni sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, tibbiy koʻriklar davomida maktab va bogʻcha bolalarining 30 foizga yaqinida bir necha turdagi kasalliklar aniqlangan boʻlib, shu yilning 1-iyul holatiga respublikadagi 5,9 million nafar maktab oʻquvchilaridan 5,7 million nafari (96,5 foizi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. Shundan 1,3 million nafar bolalarda (27,9 foizida) turli kasalliklar aniqlandi. Ularning 81 foizini sogʻlomlashtirishga erishildi. Shu bilan birga, 2 million nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilaridan 1,3 million nafari (63,5 foizi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ularning 26 foizida turli kasalliklar aniqlangan.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablardagi 28,4 foiz bolalarda birinchi oʻrinda qon va qon yaratish aʼzolarida animeya kabi kasalliklar, keyingi oʻrinlarda esa nafas olish aʼzolari, ovqat hazm qilish, endokrin kasalliklari aniqlangan.