Maktab va bog'chalarda yod preparatlari bepul tarqatiladi

    Joriy yilning 20 sentyabrdan boshlab har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi

    Yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Yod tanqisligi quyidagilarga olib kelishi mumkin:

    – bo'qoqning rivojlanishi;

    – qalqonsimon bez disfunktsiyasi.

    Bolalarda yod tanqisligining eng og'ir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikishdir.