Zoyir Mirzayevga Bo'stonliq tuman hokimi J.Ahmedov, tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri N.Qurbonov hamrohlik qildi. Viloyat hokimi hududiy markaz professor-o'qituvchilari va kurs tinglovchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Dars jarayonlarida ishtirok etib, pedagoglar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvda ta'lim tizimida ilg'or o'qitish uslublaridan foydalanish, dars jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim berishning innovatsion usullarini joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Toshkent viloyati hokimligi

Axborot xizmati