Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Turon“ maktab teatri va “Iqtidor“ maktab ansambli tanlovlarining gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

    Shu yilning 19-iyun kuni Samarqand shahridagi “Boqiy shahar“ majmuasida aynan shunday, ilhombaxsh kun boʻldi — respublikamizning iqtidorli yoshlariga bagʻishlagan haqiqiy isteʼdod bayrami tashkil etildi.

    Men uchun farzandlarimizning samimiy va begʻubor his-tuygʻularini hamda chaqnab turgan koʻzlarini koʻrishdan koʻra kuchliroq ilhomlantiruvchi narsa yoʻq, — deydi Saida Mirziyoyeva.

    Har bir lahza oʻzgacha maʼno-mazmun kasb etdi. “Turon“ teatr koʻrik-tanlovi gʻoliblarining taqdirlanishi, “Iqtidor“ tanlovi finalchilari — maktab ansambllarining yorqin chiqishlari yurtimizda naqadar ijodiy salohiyatli va umidli avlod yetishib chiqayotganini koʻrsatdi.

    Qobiliyatini, yuqori darajadagi mahoratini namoyon etgan barcha jamoalarni chin yurakdan tabriklayman, — deb yozadi Prezident yordamchisi oʻzining Telegram kanalida.

    Shuningdek, ushbu tadbir oldidan Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.