Maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tili Janubiy Koreya metodologiyasi bo‘yicha o‘qitiladi

    Ta'lim 4 Yanvar 2023 1904

    Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun axborot almashish ilovasi – «Sboard» platformasi boshqaruvchisi, Janubiy Koreyaning «Edulink Global» kompaniyasi bosh direktori Xan Chon Rim O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilari uchun ikkita trening o‘tkazdi.

    Janubiy Koreyada o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan bosh menejer Xan Chong Rim maktabgacha ta'lim muassasalaridagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning yangi va samarali usullaridan o‘qituvchilarga saboq berish uchun taklif etildi.

    Birinchi treningda O‘zbekistonning barcha hududlaridan mingdan ortiq pedagoglar ishtirok etdi. Trening «Yaxshidan a’loga» shiori ostida o‘tdi.

    O‘qituvchilar uchun ikkinchi trening ham onlayn va oflayn rejimda tashkil etildi. Uning doirasida topshiriq asosida o‘qitish formati (topshiriqlarga asoslangan o‘qitish), o‘quvchiga yo‘naltirilgan dars usullari va o‘quvchilarni rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan turli topshiriqlarga asoslangan tadbirlar (bolalar motivatsiyasi va boshqalar) bo‘yicha materiallar taqdim etildi.

    Xan Chung Rim 2022-yil noyabr oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha UNESCOning Butunjahon konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligiga «Animal ABC Friends» kitobidan 10 000 nusxa sovg‘a qilgan edi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.