Qarorga koʻra, imzolanib, moliyalashtirilmasdan qolgan 241 ta davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarga kredit mablagʻlari bosqichma-bosqich ajratiladi.

Kreditlar 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.

Loyihalarning amaldagi holati, shu jumladan bajarilgan qurilish ishlari hajmi oʻrganib chiqiladi va ularning reytingi shakllantiriladi.

Reyting asosida moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda loyihalar roʻyxati tuziladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, qaror bilan Prezidentning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, 2021-yil 1-maydan davlat sherigi boquvchisini yoʻqotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali toʻlovlarini tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda qoplab beradi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati