баннер
11 Apr 2025
17:13

    Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi tok urishi oqibatida vafot etdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birida bir yarim yoshli tarbiyalanuvchi tok urishi oqibatida vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

    Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur xabarni tasdiqlab, ayni paytda holat nazoratga olingani va tezkor oʻrganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

    "Oʻrganish jarayonida joriy yilning 28-mart kuni Buxoro tumanida joylashgan YATT Xolboyeva Oʻlmas Uzoq qizi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 2023-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi Sh.Sh.ning vafot etgani aniqlandi.
    Ayni paytda IIB tomonidan bolaning oʻlim sabablari yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
    Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼluiot berilishini maʼlum qilamiz," — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech