Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish loyihasi muhokama qilindi

    Xalqaro hamkorlik 16 Iyun 2021 1476

    Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasi va Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish loyihasi muhokama qilindi.

    Loyihaning umumiy qiymati 10.9 mln. AQSH dollari boʻlib, Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasining kredit mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

    Mazkur kredit mablagʻlari 40 ta davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun yoʻnaltirilish rejalashtirilgan. Natijada 4,5 ming bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.