Korruptsion holatlarni aniqlash uchun ichki audit xizmati tashkil etilgan va 2017 yildan to hozirga qadar prokuratura organlari bilan hamkorlikda 900 dan ortiq ish ochilgan, ayrim holatlarda jinoiy ishlar qo'zg'atilgan.

«Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida»gi qonunning 44-moddasiga ko'ra, qasddan jinoyatlar sodir etgani uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin emas.

Vazirlik mutasaddilariga ko'ra, bog'cha mudirasi sifatida jinoyat sodir qilib ham ketmasdan ishlab yurganlar ko'pligi aniqlangan.