“Sputnik V” vaksinasi bilan emlanish bepul amalga oshirilmoqda.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin vazirlik xodimlari bilan emlandi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati. Respublika boʻyicha barcha Maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bosqichma-bosqich emlanishadi.

Maʼlumot uchun: Hozirgacha maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan 104 mingga yaqin xodimlar emlandi.