Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEF qanday loyihalarni hamkorlikda amalga oshirmoqda?

    Xalqaro hamkorlik 21 Iyun 2021 2165

    AOKAda Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov, axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva, boʻlim boshligʻi Bahrom Xidirboyev, YUNISEFning erta rivojlanish va taʼlim boʻyicha maslahatchisi Vazira Nazarova ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan maʼlumot berildi:

    «2018-2021-yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda koʻplab loyihalar amalga oshirildi, ularning asosiylari quyidagilar:

    I. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi ishlab chiqilishi va koʻpaytirilishida texnik yordam koʻrsatilishi.

    2018-yilda YUNISEF (xalqaro va mahalliy taʼlim mutaxassislari bilan) erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini hamda “Ilk qadam” oʻquv dasturini ishlab chiqib koʻpaytirishda (10 000 ta) koʻmaklashdi.

    Davlat talablari va maktabgacha taʼlimning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda qoʻllashda trenerlar uchun oʻquv toʻplami (modul), shuningdek ushbu materiallarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv-uslubiy material ishlab chiqildi.

    YUNISEF va vazirlik bilan hamkorlikda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi amaliyotga joriy etilishi yuzasidan 31 nafar ustoz-murabbiyni tayyorlash boʻyicha qator oʻquv seminarlari oʻtkazildi.

    II. Taʼlimni boshqarish va axborotni ishlab chiqarish boʻyicha “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqilishi, joriy etilishi (2018-yil, 1-aprel) borasida koʻmak.

    III. Maktabgacha taʼlim boʻyicha muqobil va innovatsion xizmatlarni modellashtirishni qoʻllab-quvvatlanishi.

    YUNISEF bilan yurtimizning olis tumanlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shaklini tashkil etishda ehtiyojlarni baholash jarayonlari oʻtkazildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olishda eng past koʻrsatkichli ikkita hudud aniqlandi: Xorazm viloyati qishloq joylari (Bogʻot, Qoʻshkoʻpir tumanlari), Namangan viloyati (Koson, Norin tumanlari).

    IV. Maktabgacha taʼlim pedagogining kasbiy standartini ishlab chiqishga koʻmak.

    2020-yil 14-fevralda “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida YUNISEFning texnik koʻmagi bilan maktabgacha tarbiyachining kasbiy standartini ishlab chiqishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.

    V. Taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqishda koʻmaklashilishi.

    YUNISEF va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda oʻquv jarayoni sifatini baholash tizimi ishlab chiqilgan, asosiy koʻrsatkichlarni baholash tizimi tasdiqlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy oʻquv rangli bukletlarni yaratish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqildi, buning asosida kitoblar yaratildi va nashrga tavsiya etildi».