Maktabgacha taʼlim vazirligiga Puchon universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

    Ta'lim 29 Dekabr 2022 1799

    Maktabgacha taʼlim vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A. Shinning Prezident janoblari Xan Chong Sok boshchiligidagi Puchon universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasida taʼlim jarayonini raqamlashtirish bilan bogʻliq yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan keng koʻlamli masalalarni muhokama qildi.

    Uchrashuv doirasida Puchon universiteti vakillari bir qator taqdimotlarni taqdim etdilar, xususan:

    – Puchon universiteti “Video va oʻyin kontenti” fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi uchun tumorlar, timsollar, personajlar va animatsiyalar taqdimoti;

    – Mega olam platformasi asosida uchrashuvlar va yigʻilishlar oʻtkazishga qaratilgan virtual makonning taqdimoti;

    – taʼlim dasturlarini amalga oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin boʻlgan VR (I-VII) platformasining taqdimoti;

    – taʼlim kontentini yaratishga qaratilgan AR platformasining taqdimoti.

    Tomonlar Koreya tomonining innovatsion takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib oldilar.

    Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Puchon universiteti oʻrtasida maktabgacha taʼlim sohasida faol muloqotni davom ettirish uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi toʻgʻrisida oʻzaro yakdil fikrga keldilar, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.