Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova amaliy tashrif bilan Navoiyda boʻlib, viloyat hokimligi faollar zalida tuman, shahar hokimlari, ularning ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, hududiy soha rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
Vazir Navoiy viloyatidagi mavjud holatni tahlil qilib, viloyat hokimi Normat Tursunov rahbarligida olib borilayotgan taʼlim siyosatidan qoniqish hosil qilganini taʼkidladi. Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan Raʼno Hayitovaga ishonch bildirishini, viloyat peshqadamlikni qoʻldan bermasligini taʼkidlab oʻtdi.
Hududlarda taʼlimni rivojlantirishdagi vazifalarni belgilab olish, bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor maqsadlarga eʼtibor qaratdi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirishda hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.