Ta'lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi 14 ta hududdagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9622 ta maktablar faoliyati tahlili natijalari asosida 2020 yil yakunlari bo'yicha umumta'lim muassasalarining reytingini hamda tuman va shaharlarning ta'lim sifati bo'yicha reytingini e'lon qildi. 

Hududlar bo'yicha eng yuqori o'rinlar:

Navoiy, Buxoro viloyati, Toshkent shahri.

eng oxirgi o'rinlar:

Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati.

Tuman va shaharlar reytingida:

Navoiy shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus tumani, Zarafshon shahri, Uchquduq tumani, Bektemir tumani, Mirobod tumani, Qorovulbozor tumani, Bo'ston tumani va Yashnobod tumani

So'nggi o'rinlarda:

So'x, Uzun, Beruniy, Chiroqchi, Dehqonobod, To'rtko'l tumanlari, Namangan shahri, Muzrabot tumani, Marg'ilon shahri, Bo'zotov tumani ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Ta'lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi axborot xizmati ma'lum qildi. (https://t.me/uztdi/3433).