Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 20-mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼiy nazar dam olish kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, 2021-yil 20-mart kuni 2020-2021 oʻquv yilining bahorgi taʼtilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi taʼtil 20 dan-28-martgacha davom etadi. 2021-yil 29-martdan oʻquv yilining 4-choragi boshlanadi.

2021-yil 20-mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tigʻizlashgan holda oʻtkaziladi.