23 Apr 2025
16:47

    Maktablarda bahorgi taʼtil qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi

    Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 7 kun davom etishi belgilangan.

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida“gi nizomga koʻra, mamlakatdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

    2025-yilda 21-mart, juma kuniga toʻgʻri keladi. 20-mart, chorshanba kuni maktablarda 3 chorakning soʻnggi kuni boʻlishi belgilangan. 4 chorak darslari esa 28-mart, juma kunidan boshlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech