Maktablarda birlamchi tibbiy yordam holati qanday?

    Oʻrganishlarda tibbiy xizmat ish kabinetlari tashkil etilganlik holati, ularning jihozlanganligi, birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yaratilgan sharoitlarga eʼtibor qaratildi.

    Oʻzbekiston XDP Fargʻona viloyat kengashi tomonidan hududlarda “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilar uchun yaratilgan tibbiy xizmat holati” boʻyicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida ishchi guruhlar tashkil etilib, tuman va shaharlarda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

    Xususan, Quvasoy shahar kengashidagi deputatlik guruhi aʼzolari Fargʻona shahridagi 23-, Dangʻara tumanidagi 8-, Yozyovon tumanidagi 6-maktablar, Qoʻshtepa tumani ishchi guruhi 7-maktabni borib oʻrgandi. Unda tibbiy xizmat ish kabinetlari tashkil etilganlik holati, ularning jihozlanganligi, birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yaratilgan sharoitlar, dori-darmon taʼminoti va mutaxassis hamshira faoliyati, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish holatiga eʼtibor qaratildi.

    Aniqlangan kamchilik va muammolar joyida bartaraf etilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.