Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning (oʻrindoshlarsiz) umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

Ushbu koʻrsatkich 2015/2016 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 % ga oshgan.

Yillar kesimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar (oʻrindoshlarsiz) soni:

  • 2015/2016 oʻquv yili boshiga — 385 ming nafar;
  • 2016/2017 oʻquv yili boshiga — 390,6 ming nafar;
  • 2017/2018 oʻquv yili boshiga — 409,4 ming nafar;
  • 2018/2019 oʻquv yili boshiga — 444,2 ming nafar;
  • 2019/2020 oʻquv yili boshiga — 486,6 ming nafar;
  • 2020/2021 oʻquv yili boshiga — 508 ming nafar;
  • 2021/2022 oʻquv yili boshiga — 510 ming nafar;
  • 2022/2023 oʻquv yili boshiga — 521,6 ming nafar;
  • 2023/2024 oʻquv yili boshiga — 547,8 ming nafar;
  • 2024/2025 oʻquv yili boshiga — 564,9 ming nafarni tashkil etgan.