баннер
16 Mar 2025
11:16

    Maktablarda dars berayotgan oʻqituvchilarning soni qanchaga oshgani aytildi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025-oʻquv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar(oʻrindoshlarsiz)ning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

    Bu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.

    Yillar kesimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar (oʻrindoshlarsiz) soni:

    — 2019/2020-oʻquv yili boshiga 486,6 ming nafar;
    — 2020/2021-oʻquv yili boshiga 508,2 ming nafar;
    — 2021/2022-oʻquv yili boshiga 510,0 ming nafar;
    — 2022/2023-oʻquv yili boshiga 521,6 ming nafar;
    — 2023/2024-oʻquv yili boshiga 547,7 ming nafar;
    — 2024/2025-oʻquv yili boshiga 564,9 ming nafar.

    Maʼlumot uchun: 2024/2025 oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasalari soni 10 943 tani tashkil etgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech