Maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil qilinadi

    Hukumat 30 Sentabr 2024 455

    Bu jamoalarga musiqa oʻqituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi.

    Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda madaniyat va sanʼat beqiyos ahamiyatga ega. Madaniyat va sanʼat bilan oshno boʻlgan oʻquvchilar ezgulikning kuchini chuqur his etadi, ularda oʻziga ishonch paydo boʻladi.

    Shu munosabat bilan musiqa oʻqituvchilarining kasbiy mahorati va koʻnikmasini oshirish, madaniyat va sanʼat tizimidagi oliygohlarda umumtaʼlim maktablari uchun musiqa oʻqituvchilarini tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

    “Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilish muhimligi aytildi.

    Bu jamoalarga musiqa oʻqituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi.