Uchrashuvda Respublikada nemis tilini o'rgatishni yanada rivojlantirish hamda mahalliy nemis tili o'qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, buning uchun Germaniyadan tajribali nemis tili o'qituvchilarini jalb etish masalalari muhokama etildi.
Nemis tili fani darsliklarini ta'lim jarayoniga joriy qilish, nemis tiliga ixtisoslashgan maktablar soni hamda dars soatlari sonini ko'paytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek kun tartibidan maktablarda mavjud nemis tili darsliklarini yangilash masalalari ham joy oldi.
Bundan tashqari vazirlik vakillari tomonidan umumta'lim maktablarining 7-sinfidan boshlab o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, yuqori sinf o'quvchilarini murakkab bo'lmagan kasblarga o'qitish hamda xorijiy hamkorlar bilan variativ o'quv rejalari asosida IT sohasiga oid o'quv kurslari tadbiq etilganligi qayd etildi. Tomonlar bu borada GiZ va KfW vakolatxonalari bilan birgalikda qo'shma loyiha takliflarni tayyorlashga kelishib oldi.
Ma'lumot uchun: 2020-2021 o'quv yilida 1139 ta umumta'lim maktablarida 297 953 nafar o'quvchiga nemis tili xorijiy til sifatida o'qitiladi. Mazkur maktablarda 3016 nafar nemis tili o'qituvchisi faoliyat yuritmoqda.
2021-2024 yillarda, ko'shimcha 12 ta nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashgan maktablarning o'quv rejasida nemis tili fani soatlarini oshirish ko'zda tutilmoqda.